Qalandarova Sharofat Matkarimovna veb сайты   Click to listen highlighted text! Qalandarova Sharofat Matkarimovna veb сайты

Ssenariylar to’plami. 17 ta ssenariydan tashkil topgan to’plam taqdim etiladi.

Tadbirlar va Bayramlar to’plami tarkibi:

  • Alifbe Bayram.
  • Alisher Navoiy tavallud kuni.
  • Gullar bayrami.
  • Konstitutsiya kuni.
  • Matematika tadbiri.
  • Navro’z tadbiri.
  • O’qituvchilar kuni.
  • 14-yanvar.
  • Xotira kuni

2,3 va 4 sinflar uchun kasb hunarga yo’naltirish mavzulari va mashqlar

Kasb o’zi nima?

Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo’yuvchi faoliyat turidir.

Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.

Kasb – tiriklik va tirikchilik manbai.

Kasb – tirik organizmdir.

Kasb tanlashga yo’llash (proforentasiya) – termini: yo’naltirish, ajrata bilish, belgilash, hayotda to’g’ri yo’lni tanlash degan ma’noni bildiradi.

Kasb tanlashga yo’llash tushunchasi – o’quvchi-yoshlarni ongli to’g’ri va erkin kasb tanlashga, kasblar, hunarlarning mehnat yo’lini to’g’ri belgilashga qaratilgan muayyan pedagogik ishni ifoda etadi.

Kasb so’zining ma’nosi insonlarning hunari, faoliyat turi va hayot kechirishlari uchun manba xizmatini o’taydigan mashg’ulotni bildiradi.

Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati – yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashda uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoitidir.

Kasbga yo’naltirish – o’quvchining o’z ehtiyojini oqilona cheklaydigan shaxs sifatida barkamol kamolotga yetishining pedagogik jarayoni bo’lib, nafaqat pedagogik tashqi ijtimoiy bog’liq bo’lgan tafakkuri va xatti-harakatlarini ongli ravishda o’z-o’zini boshqaruvchidir.

Kasb va kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari deganda, kasb – kasbga yo’naltirish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g’oyalari va tasavvurlar yig’indisidir. Bu yoshlarning shaxsiy qiziqishlari, layoqati va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur kasblarga yo’llashdir.
Овозли ўқиш Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support
Click to listen highlighted text!