Qalandarova Sharofat Matkarimovna veb сайты   Click to listen highlighted text! Qalandarova Sharofat Matkarimovna veb сайты

Rossiyaning Moskva shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro XVIII “Zajgi Svoyu Zvezdu” deb nomlangan tanlovda “Marvarid” bolalar studiyasi ishtirokchilari g’olib bo’lishdi.

Ular “Raqs” yo’nalishi bo’yicha 1-o’rinni, “Estrada vokali”, “Moda teatri” va “Bastakorlar bolalarga” yo’nalishlari bo’yicha 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.

Ma`lumot o’rnida: “Marvarid” bolalar studiyasi bolalar san`atini rivojlantirish maqsadida, 2006 yil tashkil etilgan. O’tgan yillar davomida “Marvarid”da tahsil olayotgan bolalar davlat miqyosida o’tkazilgan ko’plab tadbirlarda ishtirok etgan. Studiya o’zining konsert dasturlari bilan ko’plab bolalar va kattalarning qalbidan joy egallagan.

10

 

Joriy yilning 1-6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo‘yicha “SEEMOUS” o‘ninchi xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori Sh.Sirojiddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi va o‘z iste’dodini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasida zamon talablariga to‘la mos keladigan milliy ta’lim tizimi yaratildi.
Mamlakatimizda fan-ta’lim izchil rivojlanmoqda. Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini uyg‘otmoqda. Kiprda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston yoshlari muvaffaqiyatli qatnashgani ham buning yorqin isbotidir.

Kipr ta’lim va madaniyat vazirligi, matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

Tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.

– Matematika faniga bolaligimdan qiziqaman, – dedi Sh.Ibrohimov. – Xalqaro musobaqada Vatanimiz shon-shuhratini namoyish etganimiz ozod va obod O‘zbekistonda biz, yoshlar uchun yaratilgan cheksiz imkoniyatlardan bahramand bo‘lib voyaga yetayotganimiz ifodasidir. Davlatimiz rahbarining yosh avlod kamolotiga qaratayotgan yuksak e’tibori, ta’lim olishimiz uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar ilm-fanga mehrimizni yanada oshirmoqda, jahonda mamlakatimizning sharafini mustahkam himoya qilishimizga asos bo‘lmoqda. Vatanimizning ilm-fan sohasidagi mavqeini yanada yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. O‘zbekistondek osmoni musaffo, farovon mamlakat farzandi ekanimdan faxrlanaman.

Tadbirda g‘olib va sovrindorlarga diplomlar topshirildi.

Nodira Manzurova, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
Xalqaro tanlov g‘oliblari taqdirlandi
Tagged on:         

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Овозли ўқиш Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support
Click to listen highlighted text!