Qalandarova Sharofat Matkarimovna veb сайты   Click to listen highlighted text! Qalandarova Sharofat Matkarimovna veb сайты

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 24-25-mart kunlari Toshkent shahrida “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va yechimlar” mavzusidagi forum o’tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida 2017-2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishlardan to’rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilib, unda ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o’rin olgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish vazifalari belgilangan.

Ijtimoiy fanlar ta’limini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilgan ishlarini sarhisob qilish maqsadida tashkil qilingan forumda Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, professor-o’qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda joylardan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishdi.

Forum doirasida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan o’qituvchilar ishtirokida bir necha tadbirlar o’tkazildi. Dastlab forum ishtirokchilari joriy yilning 24 mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-maktabda tashkil qilingan mahorat darslarida ishtirok etishdi. Shundan so’ng forum qatnashchilarining “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda “O’zbekiston xalqlari tarixi” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida forumning yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida respublikadagi o‘zining kasb mahorati fidoiyligi, faolligi bilan ajralib turgan bir guruh ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari va metodistlari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak-nishoni bilan taqdirlandi. Shundan keyin forum 5 ta yo’nalishdagi sho‘balarga bo’lingan holda davom etib, unda hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar erishgan yutuqlari, o’qitish sifatini oshirish, o’quvchilarning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi samaradorligini oshirish borasidagi ilg’or tajribalarini taqdim etishdi.

Har bir viloyat ishtirokchilari hududiy muammolardan kelib chiqib taqdimotlar o‘tkazdilar. Xususan, Qashqadaryo viloyati vakillari tarix fani sho‘basida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalarida bahs-munozaraga kirishdi, xorazmlik pedagoglar o’quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda virtual sayohat darslarini tashkil etish borasida taqdimot namoyish etdilar.

Ijtimoiy fanlarga umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan 4 ta, ya’ni tarix, davlat va huquq asoslari, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani turkumiga kiruvchi fanlar” hamda “Iqtisodiy bilim asoslari” fanlari kiritilgan. Umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o’qitishga jami 918 soat ajratilgan bo’lib, bu jami fanlarga ajratilgan 9078 soatning 10,5 foizini tashkil etadi.

Bugungi kunda respublikamizdagi 9680 ta umumta’lim maktablarida tarix-huquq fanlaridan – 18 599 nafar, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani turkumiga kiruvchi fanlar” hamda “Iqtisodiy bilim asoslari” fanlaridan – 6817 nafar pedagoglar dars berishmoqda. Ijtimoiy fanlar o’qituvchilari umumta’lim maktablaridagi jami o’qituvchilarning 6,5 foizini tashkil etmoqda. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha 9000 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.

Forum natijasida ijtimoiy fanlarni o’qitish samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mazkur forum hududlarda ham tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

19

 

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali Navoiy viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda yoshlarning jahon andozalari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta o‘rganishi yo‘lida yaratilayotgan sharoitlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.


Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan o‘tkazilgan ushbu festival ham navqiron avlodni ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirish, iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda. Festival doirasida viloyatning barcha tumanlarida tashkil etilgan tanlov va seminarlarda yoshlar faol ishtirok etdi, turli mafkuraviy tahdidlar va axloqsizlikni targ‘ib etuvchi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida fikr almashdi. Tadbirlarda tadbirkorlik, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan yoshlar, taniqli adiblar, olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdi.

– Ozod va obod yurt – O‘zbekiston farzandi ekanimdan faxrlanaman, – deydi Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Laziz Qayumov. – Mamlakatimizda har sohada yuksalish va taraqqiyot ro‘y bermoqda. Eng muhimi, biz, yoshlar bugungi kunimizdan mamnun, ertangi kunga katta ishonch bilan yashamoqdamiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Vatanimiz kelajagi bugungi yoshlar qo‘lida. Bunday yuksak mas’uliyatni sharaf bilan ado etayotgan tengdoshlarimizning xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlari barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. Biz – buyuk yurtning baxtiyor farzandlarimiz!

Barcha shahar va tumanlarda “Hokim va yoshlar”, “Deputat va yoshlar”, “Bu mening Vatanim!”, “Zamonamiz qahramonlari” kabi 20 ga yaqin loyiha doirasida turli tadbirlar tashkil etildi. Mehribonlik uylari hamda alohida e’tiborga muhtoj yoshlar uchun “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida turli madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi. “Nuroniylar e’zozimizda” loyihasi doirasida mehnat faxriylari, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularning uy yumushlariga ko‘maklashildi. “O‘zbekistonga xizmat qilaman” loyihasi doirasida Navoiy shahri va Qiziltepa tumanida joylashgan harbiy qismlar askarlari tomonidan tayyorlangan chiqishlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, mardlik va shijoat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Festival yakunida Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida taniqli san’atkorlar ishtirokida “Mustaqillik farzandlari” gala-konserti namoyish qilindi. Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslanov (surat), O‘zA
O’qituvchilar forumi
Tagged on:                 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Овозли ўқиш Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support
Click to listen highlighted text!